PIIMA va "Zamin" Xalqaro jamoat jamgʻarmasi taʼlim sohasida hamkorlik qiladilar

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) hamda Zamin xalqaro jamoat jamgʻarmasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Zamin xalqaro jamoat jamgʻarmasi direktori Tamila Alieva va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova ushbu hujjatni imzoladilar.

Tomonlar aholining zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, taʼlim, xususan inklyuziv taʼlim sifatini yana-da oshirish, sohaga axborot texnologiyalarini keng jalb etish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi.

Hujjatni imzolash marosimida ikki tomonlama hamda xalqaro tashkilotlar bilan ish olib borish, xalqaro tajriba asosida eshitishda nuqsoni bor bolalarga zamonaviy bilimlar berish faoliyatini takomillashtirish bugungi kun talabi ekanligi taʼkidlandi.

Memorandum mamlakatimizda inklyuziv taʼlim hamda axborot-texnologiyalari boʻyicha bilim berish jarayonlarini yana-da yaxshilash uchun poydevor vazifasini oʻtaydi. Chunki oʻzaro hamkorlikdagi loyihalarda, asosan, bolalarga axborot-texnologiyalari boʻyicha boshlangʻich va asosiy bilimlar beriladi.

Ma'lumot uchun, birinchi "Zamin Education" o'quv resurs markazi ochilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktab bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Sinfda ma’lumotlarni qabul qilish sifatini oshirishga qaratilgan yordamchi uskuna — FM-tizimi o'rnatilgan. Shuningdek, har bir o’quvchiga individual eshitish vositalari taqdim etilgan.