Portsmut universiteti vakillari Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi

Portsmut universiteti (Angliya) ning Tillar va amaliy lingvistika fakulteti dekani Professor Stiven Korbet, Xalqaro hamkorlik bo'yicha dekan o'rinbosari Marjori Martin va Ingliz tili bo'limi boshlig'i Endryu Makkol Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.

Uchrashuv doirasida:

▶️2021-yilda tuzilgan Memorandum doirasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda
▶️o'qituvchilar malakasini oshirish borasida hamkorlikdagi dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi. 

❗️Shuningdek, uchrashuv doirasida Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari taqdimoti bo'lib o'tdi.