PREZIDENT MAKTABI ENDI NAVOIYDA

Bugun, 2-noyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabida yangi o’quv yiliga start berildi.

Maktabning ochilish tadbirida Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqdi:

-Bugun davlat rahbarimiz tomonidan ta'limga berilayotgan katta e'tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar, bu kabi maktablarning ochilishi siz yoshlarning yorqin kelajagingiz uchun qo'yilayotgan eng katta poydevordir. Zero, iqtidorli va ilmga chanqoq yoshlar bizning “oltin fondimizdir”. Har biringizga omad yor bo’lsin.

Tadbirda, shuningdek Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Ochilish marosimidan badiiy chiqishlar ham o’rin olib, ishtirokchilarga alohida kayfiyat baxsh etdi.