"PREZIDENT MAKTABI G‘OYASI BOLAGA BOSHLANG‘ICH SINFDAN E'TIBOR BERISHNI O‘RGATDI"

"PREZIDENT MAKTABI G‘OYASI BOLAGA BOSHLANG‘ICH SINFDAN E'TIBOR BERISHNI O‘RGATDI" 

Farrux Oxunov - geolog, rafiqasi esa ingliz tili o‘qituvchisi. Oilaning to‘ng‘ich farzandi Farangiz Abduqahhorova Toshkent shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchisi. - "Oilamizda bilimga, ilm olishga bo‘lgan qiziqish kuchli bo‘lganligi tufayli farzandlarimiz ham shu yo‘ldan borishga qiziqdi. Prezident maktablari farzandlarimizdagi qobiliyatlarni yuzaga chiqarishga yordam beryapti"; - "Men Prezident maktabida o‘qish asnosida qizimning dunyoqarashi o‘zgarganini ko'raman - uning bugun har qanday muommo va vaziyatga nisbatan o‘z mustaqil fikri bor"; - "Bizda avval boshlang'ich sinfda o‘qiydigan bolalarga emas, yuqori sinf o‘quvchilariga ko‘proq e'tibor qaratilar, ularni pullik repetitorlarga borishlariga sharoit yaratilardi. Prezident maktablari g‘oyasi esa bolaga boshlang‘ich sinfdan boshlab e'tibor qaratish kerakligini ko‘rsatdi".