PREZIDENT MAKTABI O'QUVCHISI OXFORD VA CAMBRIDGE UNIVERSITETLARI GRANTI SOHIBASI BO'LDI
Agentlik tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o'quvchisi Ayzada Baymuratova "Immerse Education" xalqaro insholar tanlovida g'olib bo'ldi.
Ayzada 2022-yilda dunyoning eng nufuzli 2 ta oliy ta'lim dargohi-Oxford hamda Cambridge universitetlarida bilim olish va yozgi ta'tilni o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Ma'lumot o'rnida, "Immerse Education" insholar tanlovi 13-18 yoshli o'quvchilarga o'zlari tanlagan fan va mavzuga oid savollarga asoslanib, insho yozish imkonini beradi. G'oliblarga grant ajratilib, xorijiy universitetlarda bilim olish, ekskursiyalarda qatnashish hamda sertifikat qo'lga kiritish imkoniyati taqdim etiladi.