Prezident maktabiga tashrif

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu 5 tashabbusning yo‘nalishlaridan biri yoshlarni madaniyat, san'at va sportga keng jalb etishdan iborat.

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish, shuningdek ularning sportga bo‘'gan qiziqishlarini orttirish doirasida joriy yilning 9-iyun kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabida taniqli ingliz futbolchisi va murabbiyi Miki Adams va maktab o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mikki Adams suhbat davomida o‘zining futbol hayoti, murabbiylik faoliyatidagi qiziq voqealarni maktab o'quvchilariga aytib o'tdi. Qizg'in suhbat davomida o'quvchilar savollari bilan faol ishtirok etdilar.