Prezident maktablari haqiqiy iste’dodlarga yo‘l ochadi

Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabiga oqishga kirgan Ayjamal Sakbergenova juda istedodli. Oqituvchilar oilasida tugilgan Ayjamal 1-sinfda oqigan vaqtidayoq 4-sinf masalalarini bemalol ishlay olgan. 

Ayjamal oqishga qiziqishi juda yuqori bolsa-da, oilada katta farzand ekanligi, ukasiga qarab, yolgiz onasiga yordam berishi lozimligi va onasi uni maktab-internatga yubormasligini bilar edi. Lekin u bilimini sinab korish uchun onasidan ruxsat oldi. Onasi Ayjamalga imtihonlarda savollarning bir nechtasini ataylab xato ishlash sharti bilan ruxsat berdi. Shunga qaramay, u tengdoshlari orasida ikkinchi orinda oqishga qabul qilindi... 

Shu kunlarda Ayjamal Sakbergenova va uning oila azolari bilan intervyu tashkil etishni rejalashtirganmiz. Agentlik rahbariyati esa Ayjamalning onasini kondirishga harakat qilmoqchi.