Prezident maktablari imtihonlarini shaffof tashkil etish yuzasidan onlayn trening tashkil etildi

Bugun, 19-iyul kuni Prezident maktablari imtihonlarini tashkil etish tartibi to'g'risidagi 52-son qo'shma qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Davlat test markazi va Uzinfocom Davlat Axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator ishtirokida  Prezident maktablari imtihonlarini tashkil etish bo'yicha onlayn trening bo'lib o'tdi.

Treningda guruh nazoratchilarining maslahat-tanishtiruv kuni va imtihon kunidagi vazifalari to'g'risida yana bir bor ma'lumot berib o'tildi. Onlayn treningda, shuningdek Agentlik va DTM xodimlariga FaceID tizimidan foydalanish va holatlari yuzaga kelgan taqdirda mas'ul shaxslar qanday yo'l tutishi lozimligi haqida ma'lumot berildi.

Trening so'ngida mutasaddilar tomonidan Prezident maktablari imtihonlarini tashkil etishga mas'ul xodimlarning savollariga javob berildi.