Prezident maktablari oʻquvchilari Vanda tanlovining gʻoliblari boʻlishdi

 

Prezident maktablari oʻquvchilari Vanda tanlovining gʻoliblari boʻlishdi

Prezidentlik maktablari oʻquvchilari tabiat, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha Singapur xalqaro Vanda tanlovining sovrindorlari boʻlishdi.

Vanda tanlovi har yili 3-11 sinf oʻquvchilari uchun oʻtkaziladi. Ushbu tanlov oʻquvchilarning muammolarni hal qilishda tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Vanda tanlovida oltin medalni Toshkentdagi Prezident maktabining hozirda toʻqqizinchi sinfida taʼlim olayotgan Jafarbek Arifdjanov qoʻlga kiritdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabining yettinchi sinfida tahsil olayotgan oʻquvchi Adiba Tojmirzayeva Vanda tanlovining kumush medaliga sazovor boʻldi.

Shamil Xusnullin ushbu musobaqaning bronza medaliga sazovor boʻldi. Hozirda u Toshkentdagi Prezident maktabining 8-sinf oʻquvchisidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi jamoasi nomidan oʻquvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklayman. Bunday musobaqalar farzandlarimizga xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik koʻrish uchun yaxshi tajriba vazifasini oʻtab beradi. Men barcha oʻquvchilarimizni astoydil taʼlim olishlariga hamda olimpiada va tanlovlarda faol qatnashishga chaqiraman, — dedi Agentlik direktori Sarvar Babaxodjayev.