Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik yuzasidan yig'ilish o'tkazildi


Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

Bugun, 9-iyul kuni Agentlikda Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktabiga saralash imtihonlarini shaffof va sifatli o'tkazish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda saralash imtihonlari  bo'lib o'tadigan hududlar belgilab berilib, Agentlik tomonidan mazkur hududlarga mas'ul shaxslar tayinlandi.

Yig'ilish doirasida, guruh nazoratchisining vazifalari haqida ham so'z yuritildi va ular uchun qisqacha trening o'tkazildi.
Guruh nazoratchilariga: 

  • imtihon bo'lib o'tadigan hududlarda barcha sharoitlarning yaratilganligini nazorat qilish; 
  • o'z vazifasiga mas'uliyat bilan yondashish;
  • yo'riqnomaga amal qilish hamda
  •  DTM mas'ullari va Cambridge Assessment tashkiloti vakillari bilan hamkorlikda ishlash va boshqa vazifalar yuklatildi.