PREZIDENT MAKTABLARI UNIVERSITETLAR KENGASHINING A'ZOLIGIGA QABUL QILINDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari College Board - Universitetlar kengashi a'zosiga aylandi. Mazkur kengashga a'zo bo'lish bilan Prezident maktablariga Kengash dasturlari va axborot-resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Shuningdek, Kengash rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinetga ega bo'lish orqali o'quvchilarning SAT, PSAT va AP kabi imtihonlardan qo'lga kiritgan ballarini ko'rish va shu orqali oliy ta'limni rejalashtirish imkoni mavjud.

O'qituvchilar Kengash veb-sahifaga alohida hisob ochib, talabalarning SAT Assessments yoki AP imtihonlaridan to'plagan ballari haqida ma'lumot olishlari mumkin. 

Ma'lumot o'rnida, College Board - universitetlar kengashiga butun dunyodagi 8500 dan ziyod ta'lim muassasalari a'zo hisoblanadi.