PREZIDENT MAKTABLARIDA CHAVANDOZLIK VA KAMONDAN OTISH SEKSIYALARI TASHKIL ETILDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi  tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qo’riqlash xizmati bilan hamkorlikda “Kamondan otish”va “Chavandozlik” maydonchasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 

Tadbir doirasida o’quvchilar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan birgalikda otlar ishtirokidagi ko’rgazmali chiqishlarni tomosha qilishdi va otlarda sayr qilish hamda kamondan otish mashqlarini bajarib ko’rishdi. 

Shuningdek, Andijon shahridagi Prezident maktabida (https://t.me/AndijonPrezidentschool) ham 11-noyabr kuni Milliy gvardiya Andijon viloyati qo’riqlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda kamondan otish seksiyasi tashkil etildi. 

Ta’kidlash joiz, bunday tadbirlar yurtimizda yoshlarning sportga bo'lgan qiziqishlarini orttirishda alohida ahamiyatga ega.