Prezident maktablariga 2021-2022-o‘quv yili uchun qancha o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilgan?

 

Prezident maktablari bo'yicha ko'plab murojaatlar bo'lmoqda. Eng  ko'p so'ralgan savollarga javoblarni taqdim etib boramiz.

Prezident maktablariga 2021-2022-o‘quv yili uchun qancha o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilgan?

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident maktablari to‘g‘risida Nizom”ning 5-bob 20-bandiga asosan, Prezident maktablariga Respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi (birinchi o‘quv yilida — to‘rtinchi — to‘qqiz) sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari:


-matematika
-biologiya (tabiatshunoslik)
-informatika va axborot texnologiyalari
-fizika
-algebra
-geometriya
-kimyo 
bo‘yicha a’lo bahoga tugatgan bolalar tanlov asosida qabul qilinadi.

 

Butun jahon pandemiyasi tufayli 2020-2021-o‘quv yili uchun Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida joylashgan Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli qoldirilganligi tufayli 2021-2022-o'quv yilida yuqoridagi jadvalda keltirilgani bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilish rejalashtirilgan.