Prezident maktablariga hujjat topshirganlar diqqatiga!

Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar! 

Prezident va ijod maktablariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni joriy yilning 25-iyun kuni soat 23:59 da o'z yakuniga yetganini ma'lum qilamiz.

Hujjatlari tahrirga yuborilgan talabgorlar uchun qabul tugagandan keyin 48 soat ichida hujjatlaridagi kamchiliklarni tuzatish imkoni mavjud.

Buning uchun portal.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetga kirib talabgorning ID raqamini terish lozim, shundan so'ng operator tomonidan ko'rsatilgan  hujjatlardagi kamchilikni  tuzatib, qayta yuklash kerak bo'ladi.

Tahrirlash muddati tugagandan so'ng, hujjatlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha talabgorlarga  test sinoviga qatnashish uchun RUXSATNOMAni qayerdan olish haqidagi sms xabarnoma yuboriladi.