Prezident maktablariga imtihonning birinchi bosqich 2- smenasi bo‘lib o‘tdi

Prezident maktablariga imtihonning birinchi bosqich 2- smenasi bo'lib o'tdi.

Mazkur jarayon Qoraqalpog'iston Respublikasi,Toshkent shahri va Respublikamizning barcha viloyatlarida  belgilangan tartib asosida amalga oshirildi.

Kutilmagan issiq ob-havoda o'quvchilarga qulaylik yaratish choralari ko'rildi. Jumladan,  Xorazm viloyatida imtihonga  kelgan o'quvchilarni  belgilangan vaqtdan oldin ichkariga kirishlari va imtihon boshlanish vaqtini salqin, usti yopiq joylarda kutishlariga imkon yaratildi.

Shu oʻrinda eslatib oʻtamiz, imtihonlarning  2-smena vaqtlari reja asosida 18:00 ga belgilangan edi. Issiq ob-havo kirib kelishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olgan holda imtihon vaqti Agentlik tomonidan 19:00 ga koʻchirilib, bu haqida 24-iyul kuni Agentlik  rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan.

Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonining birinchi kuni yakunlandi.