Prezident maktablariga kirish imtihonlari oldi tanishtiruv kuni davom etmoqda


Prezident maktablariga kirish imtihonlari oldi tanishtiruv-maslahat kuni davom etmoqda. Ushbu tanishtiruv kuni to‘liq karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazilmoqda.  Xususan, belgilangan barcha hududlarda dizenfeksiya ishlari muntazam olib borilib, nomzodlar alohida tibbiy tekshiruv asosida kiritilmoqda.

Mazkur hududlarga kameralar, elektron tablo soatlar o‘rnatilgan, o‘quvchilar maxsus Face ID tekshiruvi asosida kiritilib, ularning  ham karantin qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi ta’minlanmoqda. Bu choralar Respublikamiz bo‘ylab imtihon o‘tkaziladigan barcha hududlar uchun birdek amal qiladi.

Hurmatli ota-onalar, qat’iy choralar ko‘rilayotgan bir paytda sizlar ham bunga o‘z hissangizni qo‘shishingizni ya’ni tartib-qoidalarga to‘liq amal qilishingizni so‘raymiz!