AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov Prezident maktablariga 2023-2024 o‘quv yiliga qabul yuzasidan ma’lumot berdi:
-Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
-Talabgorning ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz (http://ariza.piima.uz/)) orqali elektron shaklda hujjatlarni topshiradilar.
-Prezident maktabiga kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkaziladi.
-Kirish imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida e’lon qilinadi.
Batafsil: https://telegra.ph/Prezident-maktabilariga-talabgorning-4-sinfda-matematika-va-tabiatshunoslik-fanlaridan-jillik-ba%D2%B3olari-5-b%D1%9Elishi-lozim-04-27
-Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.
-Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.