Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyati yuzasidan ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyati yuzasidan ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi.

❗️Unda 810 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning savollarga javoblari quyidagicha:

🔹Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi qaysi maktablar haqida rasmiy sahifalarimiz orqali ko‘proq ma’lumot berib borishimizni istaysiz?

- Tayanch va yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar - 70,4 %
- Prezident maktablari - 27,1 %
- Ijod maktablari - 2,5 %

🔹Qaysi loyihalarni ko‘proq taqdim etib borishimizni istaysiz?

- "Mutaxassis javob beradi" - 31,3 %
- "Xorijlik professorlar bilan intervyu" - 28,6 %
- "Prezident maktabiga sayohat" - 20,2 %
- "Farzandim Prezident maktabi o'quvchisi" - 19.9 %

❗️Prezident ta’lim muassasalari agentligi faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik 92,1% bilan ijobiy baholandi.

⚡️So'rovnoma ishtirokchilarining taklif va mulohazalari:

▶️Agentlik tizimidagi maktablarga qabul kvotalarini oshirish
▶️Kirish imtihonlarining namunaviy savollarini ko'proq e'lon qilish
▶️Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar haqida ko'proq ma'lumot taqdim etib borish.