Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Jizzax  shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi. 

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Jizzax shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot davomida Agentlik direktori o'quvchilarning fikrlari hamda orzu-niyatlariga quloq tutdi va ular bilan o'z tajribalarini bo'lishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Agentlik tizimida amalga oshirilgan ishlar, yangi tizim va metodikalar haqida ham so'z yuritildi. 

Maktabda yangi tashkil etilgan ''The Dawn'' jurnalini taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Hilola Umarova o'quvchilarning ijodi va ularning loyihalarini yuqori baholadi.

Shuningdek, shu kuni Agentlik rahbariyati Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tgan ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar kadrlarni saralab olish tanlovining suhbat bosqichida ishtirok etishdi.

Ma'lumot o'rnida, oldinroq Agentlik rahbari Xiva shahridagi Prezident maktabi va Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo'lib, o'quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan suhbatlashgan edi.