Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun barcha hududlarda test sinovlarining ikkinchi kuni – unda ona tili fani o‘qituvchilari qatnashmoqda.
Test jarayonlari kompyuter orqali bo‘lib, javoblar shu vaqtning o‘zida ekranda namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, test jarayonlari fanlar kesimida 18-iyunga qadar davom etadi.