Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchisi Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi Akbarbek Ahmedov "Burlington School” maktabi taklifi bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytdi.

Akbarbek "Burlington School” maktabida 28-oktabrdan 11-noyabrgacha tahsil olib keldi.

Akbarbek Ahmedov rus, ingliz va yapon tillarini biladi. 

U o‘tgan yili Xalqaro Iqtisodiyot olimpiadasining viloyat bosqichida ishtirok etgan.