Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan va Kosonsoy tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar foydalanishga topshirildi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan va Kosonsoy tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzakov ishtirok etishdi.

Unda, shuningdek jamoatchilik vakillari va Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari qatnashishdi.
Ma’lumot o‘rnida, Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab 672, Namangan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab esa 576 o‘rinli qilib qurilgan.