Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Paxtachi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham yangi o‘quv yiliga start berildi

Bugun Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi Paxtachi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham yangi oquv yiliga start berildi. Mazkur tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va koplab mehmonlar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida Agentlik rahbari Hilola Umarova sozga chiqib, oquvchilarni yangi oquv yili bilan tabrikladi:

- Bugun barchamiz uchun oziga xos ahamiyatga ega kun. Mazkur ixtisoslashtirilgan maktab bu yil ilk oquvchilarini qabul qilmoqda. Siz aziz yoshlar ozingizga bildirilgan ishonchni oqlab, yurtimizga munosib farzand bolishingizga ishonaman. Oqishlaringizda omad va zafarlar yor bolsin! Doimo olga boring, biz sizni hamisha qollab-quvvatlashga tayyormiz.

Paxtachi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab toliq tamirdan chiqarilib, 2022-2023-oquv yilida foydalanishga topshirildi. Talim muassasasi zamonaviy jihozlar va barcha kerakli shart-sharoitlar bilan taminlangan.