Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas'ul xodimlari ish samaradorligi reytingi yuzasidan

Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi talim muassasalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga masul xodimlari ish samaradorligi reytingi

2022-yilning iyun oyi davomida Prezident ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan Agentlik tizimidagi 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod, 3 ta ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetining Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimlari (keyingi o‘rinlarda Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimlar)ning 2022 yil 1-yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarimustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish hamda Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Agentlik tomonidan 2022-yil 14-mart kuni 24-AF-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas'ul xodimlari  ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan amalga oshirildi. Mazkur hujjatda Prezident ta’lim muassasalari agentligining Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga Agentlik tizimidagi talim muassasalarining Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimlari faoliyati samaradorligini baholash va ularning reytingini e’lon qilib borish vazifasi yuklangan.

Nizomga ko‘ra ta’lim muassasalarining Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodim faoliyatini baholashda:

– Jamoatchilik bilan ishlashga masul xodim faoliyati ish hajmi (o‘tkazgan matbuot tadbirlari, ularda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki ta’minlangani, yoritilish qamrovining kengligi hamda bir vaqtning o‘zida tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlarda onlayn efirlar orqali jamoatchilikka yetkazib berish borasidagi talablar);

-Jamoatchilik bilan ishlashga masul xodimmas’ul xodim ish faoliyati sifati (matbuot tadbirlariga professional yondashuv, birinchi rahbarning ishtiroki, axborotni yetkazib berishda turli instrumentlardan foydalangan holda infografika, foto, video va matn shaklida jamoatchilikka taqdim etish mahorati);

Jamoatchilik bilan ishlashga masul xodim mas’ul xodim ish samaradorligi (ta’lim muassasasi haqidagi axborotni radio/televidenie, gazeta va jurnallar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytlar imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalangan holda yorita olishi kabi bir qator yo‘nalishlar asosiy mezon qilib olindi.

Shunga ko‘ra, 2022-yil mart oyida ta’lim muassasalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga layoqati bor xodimlarga mazkur vazifa yuklatildi va bu haqda Agentlikka ma’lumot taqdim etildi.

2022-yilning iyun oyida ta’lim muassasasalari taqdim etgan ma’lumotlar asosida jami 27 nafar OAVga mas’ul xodimdan 7 nafarining ish natijalari yuqori, 10 nafariniki o‘rta, 9 nafariniki qoniqarli, deya baholandi.

1 ta talim muassasasi ma’lumot taqdim etmadi.

OAV va jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimning 2022-yil 1-yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi reytingi*

(2022-yilning 1-yarmi)

Ta’lim muassasasi

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas'ul

Ko‘rsatkich miqdori

Bahosi

1

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi

Odilxo‘jaeva Maftuna Haqnazarovna

50

Yuqori

2

Guliston shahridagi Prezident maktabi

Bekmuradova Sevara To‘xtamurodovna

50

Yuqori

3

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Abduqodirov Abduhayot Bahodirjon o‘g‘li

50

Yuqori

4

Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Ismoilov Fazliddin  Baxriddin o‘g‘li

50

Yuqori

5

“Yangi O‘zbekiston” universiteti

Mahmudova Sitora Sarvar qizi

50

Yuqori

6

Namangan shahridagi Prezident maktabi

Mamadaliev Inomjon Islomjon o‘g‘li

45

Yuqori

7

Jizzax shahridagi Prezident maktabi

Jumanov Lochinbek Habibullo o‘g‘li

45

Yuqori

8

Buxoro shahridagi Prezident maktabi

Rayimova Nigina Bobo Nazarovna

40

O‘rta

9

Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Bobur Xo‘jamqulov

40

O‘rta

10

Nukus shahridagi Prezident maktabi

Kalbaeva Minara Bauirjanovna

40

O‘rta

11

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

Norov Azizbek Yarashevich

40

O‘rta

12

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi

Maksetov Kutlimurat Makset uli

40

O‘rta

13

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Sultonova Umida Ortukovna

40

O‘rta

14

Qarshi shahridagi Prezident maktabi

Nurqulov Ramzbek Shernazar o‘g‘li

40

O‘rta

15

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Sodiqov Sobir Sidiq o‘g‘li

35

O‘rta

16

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Yuldasheva Maxmuda Alikulovna

35

O‘rta

17

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi

Sadullaev Boburjon Baxtiyar o‘g‘li

35

O‘rta

18

Andijon shahridagi Prezident maktabi

Zuhriddinov Sarvarbek Omatjon o‘g‘li

30

Qoniqarli

19

Xiva shahridagi Prezident maktabi

Rahimova Dilrabo Qahramonovna

30

Qoniqarli

20

Termiz shahridagi Prezident maktabi

Tillovov Muhriddin Amanturdievich

30

Qoniqarli

21

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi

Karimov Islom Ibraim o‘g‘li

30

Qoniqarli

22

Navoiy shahridagi Prezident maktabi

Turabov Komiljon Shuxratovich

30

Qoniqarli

23

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

Oripov Shavkatjon Orif o‘g‘li

30

Qoniqarli

24

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Zaripov Shaxboz Bozorboy o‘g‘li

30

Qoniqarli

25

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Qosimov Sardorbek Sirojiddinovich

30

Qoniqarli

26

Samarqand shahridagi Prezident maktabi

Abdurahmonov Sohib Abdusamatovich

25

Qoniqarli

27

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

 

20

Qoniqarli

 

*Izoh:

1. Baholash Prezident ta’lim muassasalari agentligining 2022-yil 14-martdagi 24-AF-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimlari ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan amalga oshirildi.

2. O‘rganishlar 27 ta ta’lim muassasasini qamrab oldi. Baholash shartli ravishda 4 - yuqori, o‘rta, qoniqarli va past darajada toifalariga ajratildi. 7 nafarining ish natijalari yuqori, 9 nafariniki o‘rta, 11  nafariniki qoniqarli darajada, deb topildi. 

3.  Ta’lim muassasasining Jamoatchilik bilan ishlashga masul xodimi tomonidan tegishli ma’lumot taqdim etilmagani yoki belgilangan mezonlarga mos tushmaydigan ma’lumot taqdim etilgani sababli savolnoma-jadvalning tegishli punktlari baholanmadi.