Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent Prezident maktabida mashhur gimnastikachi Oksana Chusovitina bilan uchrashuv tashkil etildi

Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina maktab o‘quvchilari bilan yaqindan tanishdi. Sportga qiziqishi baland yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. 

Aytib o‘tish joizki, Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya chempioni, Osiyo o‘yinlari va "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasining sovrindoridir.

Ushbu tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi Avaz Karimov, Karate sport turi bo‘yicha terma jamoa treneri Burxon Rahmonov, hamda Karate sport turi bo‘yicha jahon chempioni Alisulton Xojiyevlar ham ishtirok etishdi. 

📌Eslatib o‘tamiz, bu kabi uchrashuvlar har oyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda vazirlar, hokimlar va yirik korxonalar rahbarlari ishtirok etishlari rejalashtirilgan.