Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetiga qabul jarayonlari munosabati bilan Ochiq eshiklar kuni tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun, 4-iyun kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetiga qabul jarayonlari munosabati bilan Ochiq eshiklar kuni tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida universitet taqdimoti, professor-o’qituvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot va universitet o’quv binosi bo’ylab ekskursiya tashkil etildi.

Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan yig'ilganlarga universitet faoliyati, fakultet va yo’nalishlar, shuningdek, qabul jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
_____
Eslatib o'tamiz, "Yangi O'zbekiston" universitetiga qabul 20-iyunga qadar davom etadi.

Hujjatlarni https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Murojaat uchun: +998712024111