Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashuv

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar Agentlik tizimidagi maktablarda fransuz tilini o'qitish bo'yicha hamkorlik qilish, Fransiyadan pedagog-kadrlarni jalb etish va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. 

O'zaro uchrashuv davomida Agentlik va tizimdagi maktablar faoliyati yuzasidan ma'lumot berildi.