Tashrif davomida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" deb nomlangan rasmlar ko‘rik tanlovining g‘oliblari e'lon qilinib, Agentlik rahbari ularni diplom va sovg‘alar bilan taqdirladi:
-- Ta'lim taraqqiyot asosi, bilimli yoshlar esa mamlakatning ertasi demakdir. Men sizlar bilan faxrlanaman, men sizlarga ishonaman. Bilim olish, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida shijoatingiz aslo so‘nmasin. Zafar yor bo‘lsin!
Agentlik rahbari, shuningdek maktab jamoasi tomonidan tashkil etilgan "Oltin Fond" nomli jurnal taqdimotida ishtirok etib, mazkur tashabbusda faol qatnashgan o‘quvchilarni alohida e'tirof etdi.