PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING 98 FOIZ BITIRUVCHISI TALABA BO‘LDI

Bu yil Agentlik tizimidagi 6 ta ijod maktabi:

▶ Nukus shahridagi I. Yusupov nomidagi ijod maktabi;
▶Marg'ilon shahridagi E.Vohidov nomidagi ijod maktabi;
▶ Andijon shahrida joylashgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi;
▶Namangan viloyatidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
▶Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
▶Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablarini jami 160 nafar bitiruvchi tugatdi.

Shundan 98 foizi xorijiy va mahalliy OTM larga o'qishga kirishdi.

Jumladan, Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 39 nafar bitiruvchisining hammasi mahalliy va xorijiy oliygohlar talabasi (ulardan 27 nafari mahalliy OTM larga, 12 nafari esa xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan) bo‘lishdi.

Agentlik tizimidagi qolgan 3 ta ijod maktabida 2020/2021-o'quv yilida bitiruvchi sinflar mavjud emas.