PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGIDAN IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN IMKONIYAT!

Iste'dodli va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar diqqatiga!

Siz xorijiy mutaxassislar bilan ishlashni
Mutaxassislarining  rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan, yuksak maqsadlarni ko‘zlagan, iqtidorli jamoada ish o‘rganishni istaysizmi?

Unda Sizni Agentligimizda kutamiz!

Аgentlik markaziy apparatida amaliyot o‘tash uchun siz joriy yilning 20-sentabridan boshlab
 job.piima.uz sayti 
Vakansiyalar 
Amaliyotchi bo‘limi orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Sizdan:
O‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lish;
ingliz va rus tillarini bilish;
 ijodkorlik;
jamoada ishlash qobiliyati;
kompyuterda erkin ishlay olish;
 va albatta mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik talab etiladi.

Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga Agentlik tomonidan sertifikat beriladi va Prezident ta’lim muassasalari agentligiga suhbat asosida ishga qabul qilinadi.

Amaliyot 6 oy davom etadi.