Prezident va ijod maktablariga hujjat topshirayotganlar diqqatiga!


Hurmatli ota-onalar!

Prezident va ijod maktablariga hujjat topshirishda fotosuratga e’tiborli bo‘lishingizni so’raymiz.

Portal.piima.uz saytiga fotosuratni  telefonda olingan shaklini yuklash mumkin emas.

Fotosuratchidan rasmning  qog’oz variantidan tashqari elektron variantini  ham olishni  unutmang! Portal.piima.uz saytiga rasmning  faqatgina elektron variantini yuklash mumkin. Qog’oz variant esa  ma’lumotnoma (anketa)ga yopishtiriladi.

Eslatib o’tamiz, operatorlar tomonidan ota - onalarga tahrirlashga jo'natilgan arizadagi kamchiliklarni to'g'irlab, 48 soat ichida qayta jo'natish talab etiladi.