Prezident va ijod maktablariga hujjat topshirayotganlar diqqatiga (Video)

Qabul boshlanishi bilanoq barcha hududlardan koʻplab arizalar kelib tushdi. Mazkur  hujjatlar orasidan bir qanchasi qayta tahrir qilish uchun yuborildi.

Ularda uchragan eng koʻp kamchilik, fotosurat va maʼlumotnoma bilan bogʻliq. Shu sababli hujjat topshiruvchilarga yanada tushunarliroq boʻlishi uchun video tayyorlandi.

Hujjatlarni  topshirayotganda  alohida eʼtibor bilan yondoshishingizni soʻraymiz.