PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O‘QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!

PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O‘QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar  ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

•  Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;

•  ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan  tasdiqlangan);

•  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);

•  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

•  pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

•  Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;

•  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);

•  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

•  pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

️Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor  xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo‘lsa, bu haqda o‘z arizalarida ko‘rsatishlari lozim.

Prezident maktablariga  nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2022-2023-o‘quv yilida  Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo‘lib o‘tadi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2022-2023-o‘quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

  •  aniq fanlar yo‘nalishiga 5-11-sinflarga
  •  tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo‘lib o‘tadi.