Respublika "Istedodlar maktabi" hududiy seminari tashkil etildi

Joriy yilning 3 may kuni Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Respublika "Istedodlar maktabi" hududiy seminari tashkil etildi. Seminarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi K. Karimov ochib berdi.

Shuningdek, seminarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari G'ayrat Majid, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xalqoro aloqalar va tarjima bo'limi boshlig'i Rustam Musurmon va bir qator yozuvchi-shoirlar ishtirok etdi.

Ijodkor o'quvchilar nazm, nasr, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik, publitsistika sohalari bo'yicha alohida guruhlarga ajratildi va suhbatdan o'tgan yosh yozuvchi-shoirlar seminar yakunida  sovg'a va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.