Qabulga tayyorgarlikka yuzasidan Ochiq muloqot o'tkazildi

Ochiq muloqot davomida Agentlik direktori Hilola Umarova, direktor o'rinbosari Amirulla Abdullayev  va yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar barcha  savollarga javob berishdi.  Quyida yo'llangan bir nechta savollar va ularning javoblarini  taqdim etamiz:

Savol: Farzandim ingliz tili fan Olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan. Lekin, biologiya fanidan yillik bahosi 4. Uning ingliz tili bo‘yicha erishgan yutug'i inobatga olinadimi?

Javob: Prezident maktabiga hujjat topshirayotgan talabgorning sinflar kesimida belgilangan fanlardan yillik baholari 5 bo‘lishi kerak. Olimpiada va boshqa qo‘shimcha sertifikatlar hech qanday imtiyoz bermaydi.

Savol: Prezident maktablariga imtihon topshirish uchun 400 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirish kerak deb eshitdim, shu to‘g‘rimi?

Javob: Bu ma'lumot noto‘g‘ri. Prezident maktablariga imtihon topshirish mutlaqo bepul.  

Savol:Kirish imtihonlari 3 tilda olib boriladi deyilmoqda.  Bu  har ikkala bosqichga ham tegishlimi?
Javob: Ha, imtihon tilini har  ikki bosqichda ham talabgorning o‘zi tanlaydi.