“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qilindi

“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qilindi

✅ Tanlov to‘rtta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

1️⃣“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud”  yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi.

2️⃣“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi.

3️⃣“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

4️⃣“O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishida  yozuvchi, shoirlar ishtirok etadi.

📌Tanlov joriy yilning 1-iyulidan  1-sentabriga  qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar  21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

📎 Batafsil maʼlumot: 
🌐 www.til.gov.uz_saytida
 (http://til.gov.uz/uz/contest/regulation/) 📞(71) 215-53-98, (71) 239-86-99 

♻️Tanlovni  #qadribalandonatilim kalit so‘zi bilan ommalashtiring.