Qaror ijrosi amalda

Joriy yilning 27-may kuni Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-son Farmoni hamda  Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining 2020-yil 30-noyabrdagi buyrug‘ini amalga oshirish maqsadida o'qituvchi-xodimlar va o`quvchilar o`rtasida ommaviy sport tadbirlari tashkil qilindi.

Tadbir doirasida  arqon tortishish, oq-terakmi, ko'k-terak, eshak mindi, armrestling, gumbaz, arqonchada sakrash, kim oladi va yana bir qancha bir-biridan qiziqarli o'yinlar turlari tashkil qilinib , ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat ulashildi.

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iborat bo'lib, bu kabi tadbirlar xalqimizning milliy sport o'yinlariga bo'lgan qiziqishini orttiradi.