Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktabi o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi va Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'rtasida imzolangan "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash chora-tadbirlari rejasi"ga muvofiq Qurolli kuchlar Akademiyasida bo'lishdi.
O'quvchilar Akademiyada harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va ta'lim olish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.
O'quvchilar, shuningdek harbiy texnikani boshqarishni o'rganish uchun mo'ljallangan o'quv apparatlarida mustaqil ravishda mashqlar bajarib, Akademiya tarixiga bag'ishlangan muzeydagi eksponatlar bilan tanishishdi.