Bugun, 30-oktabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabida ota-onalar va jamoatchilik vakillari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo'lib o'tdi.
Mehmonlar "Ochiq eshiklar kuni" doirasida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar va maktab hayoti bilan tanishtirildi. Unda ko'p sonli mehmonlar, shuningdek mahalliy OAV vakillari va blogerlar ishtirok etishdi.
Tadbir so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.