“Qizim 12 ta universitetga qabul qilindi lekin “Yangi O‘zbekiston” universitetini tanladi”

“Yangi O‘zbekiston” universitetida talabalikka qabul qilingan yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Ochiq eshiklar kunida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalariga universitet haqida to‘liq ma’lumot berildi. Muloqot davomida talabalar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

“Qizim 12 ta universitetga qabul qilindi lekin “Yangi O‘zbekiston” universitetini tanladi”

Ota-onalarning fikri bilan ham qiziqdik:

“...mening qizim 12 ta universitetga o‘qishga qabul qilindi. Men “Yangi O‘zbekiston” universitetiga kelib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdim va shunga amin bo‘ldimki, farzandim uchun bu universitetdan yaxshirog‘ini topa olmaymiz”.