Qoraqalpog‘istonda tashkil etilgan yangi ixtisoslashtirilgan maktablarda ham yangi o‘quv yiliga start berildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida Qoraqalpog‘istonda tashkil etilgan yangi ixtisoslashtirilgan maktablarda ham yangi o‘quv yiliga start berildi.

Ma’lumot uchun, Agentlik tizimida Qoraqalpog‘istonda 16 ta maktab tashkil etilgan bo‘lib, bularning 14 tasi ixtisoslashtirilgan, 2 tasi esa ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardir.

Fotolavhalarda Mo‘ynoq, Chimboy, Kegayli va Qo‘ng‘irot tumanlarida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar aks etgan.