Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli yurtdoshlar!

Siz azizlarni,  butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, baraka hamda farovonlik tilaymiz.

Duogo‘y keksalarimizning mana shunday fazilatli damlarda elu yurtimiz haqqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin!

Hurmat bilan, 
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi jamoasi