Rangli va oq-qora dunyo rasmlar va fotosuratlar ko‘rgazmasi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida 2019 yilning oktyabr oyida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi”ning belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Rangli va oq-qora dunyo rasmlar va fotosuratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 
Mana shu ko‘rgazmada faol ishtirok etgan Agentlik tasarrufidagi Toshkent shahrida joylashgan maktab o‘quvchilarini 14 noyabr 2019 yil “Inson-muhit-san’at-2019” II- Toshkent Xalqaro amaliy san’at Biennalesi Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti talabalarining “Ilhomimsan, beqiyos Vatanim” nomli ijod asarlari ko‘rgazmasiga taklif qilindilar. 
Ushbu ko‘rgazmalar yuqori darajada olib borilishini Agentlikning O‘quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash va psixologik qo‘llab - quvvatlash bo‘limining bosh mutaxassisi D.Isakova va etakchi mutaxassis G.Umarxanova xodimlari tomonidan kuzatib borildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.