Raqamli avlod sinfxonalari

O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tomonidan butun Respublikadфпш  Mehribonlik uylarida "Raqamli avlod" sinfxonalarini tashkil etib borilmoqda.

Hozirda jami 12 ta Mehribonlik uyida shunday sinfxonalar mavjud. Ularda dasturlash, 3D va 4D dizayn, robototexnika va raqamli media-marketing va frilansing bo'yicha darslar olib boriladi.

Bugungi kunda mazkur darslarda jami 320 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etmoqda. 

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda bunday maktablarda mahorat darslari tashkil etmoqda.  Xususan, joriy yilning 12-oktabr kuni Toshkent shahridagi 22-mehribonlik uyida yoshlarni zamonaviy kasblarga yo’naltirish maqsadida “Raqamli avlod” loyihasi doirasida “Microsoft Hour of Code” hamda robototexnika darslari tashkil qilindi. Unda muassasadagi ITga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida VR va robototexnika ko’rgazmasi hamda IT musobaqalari ham bo’lib o’tdi. Malakali mutaxassislardan bilim olgan qatnashchilarga yakunda xalqaro darajadagi sertifikatlar topshirildi.