Samsung Electronics va Hyundai Motors kompaniyalarining asosiy labaratoriyasi asoschisi endi "Yangi O‘zbekiston" universitetida!

 

Hozirda Janubiy Koreyaning Sejong universitetida faoliyat olib borayotgan Professor Ki Buem Kim "Yangi Ozbekiston" universiteti talabalarining ilmiy izlanish va tadqiqotlarida komaklashadi. Professor Kim kimyo muhandisligi mutaxassisligi boyicha texnika fanlari doktori, professor. U Buyuk Britaniyaning Oxford universitetida tahsil olgan.

Professor Kim "Yangi Ozbekiston" universitetining Kimyo va mexanika muhandisligi fakultetlari talabalariga dars otish va universitetdagi ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etish uchun taklif etilgan.

Professor Ki Buem Kim boshchiligidagi “Nano Structured Materials Laboratory” deb nomlangan laboratoriya Samsung Electronics va Hyundai Motors kompaniyalarining asosiy laboratoriyalaridan biri hisoblanadi.