Sevinch Abdushukurova o'zining maktabdagi faoliyati, IELTS imtihonidan 8 ballni qo'lga kiritgani va ungacha bo'lgan tayyorlanish jarayonlari haqida so'zladi

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Sevinch Abdushukurova:
– Maktab radiosi loyiha koordinatori va suxandoni;
– 2019-yilda o'tkazilgan Toshkent shahar insholar tanlovining mutlaq g'olibi; 
– "Yoshlar forumi - 2021" ishtirokchisi; 
– "Samarqand - USA 2022" oromgohi ishtirokchisi; 
– Intellektual o'yinlar bo'yicha maktab terma jamoasi a'zosi.

Mazkur intervyuda Sevinch Abdushukurova o'zining maktabdagi faoliyati, IELTS imtihonidan 8 ballni qo'lga kiritgani va ungacha bo'lgan tayyorlanish jarayonlari, chet ellik o'qituvchilarning Prezident maktabidagi o'rni hamda o'zining kelajakdagi maqsadlari haqida so'zladi.