“She’riyat oqshomi” mushoirasi o‘tkazildi

Joriy yilning 9 - aprel kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida farg‘onalik yosh ijodkorlar bilan “She’riyat oqshomi” mushoirasi bo‘lib o‘tdi. Mushoirada yosh qalamkashlar balki ijod maktabining barcha o‘quvchilari ishtirok etdi. “Men she’r muhlisiman”, deb sahnada she’r o‘qigan ijodkorlardan o‘quvchilar ijod yo‘lida kerakli tavsiyalar va eng asosiysi katta ruhiy motivatsiya oldilar. Ba’zida, sahnalardan “hayajonlanaman” deydigan o‘quvchilarimizda bugun jasorat ustunlik qildi. Tadbir davomida 7 - sinfdan 11 - sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarimiz o‘rtasida she’riy bellashuv bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunida maktabimizning 7 - sinf o‘quvchilari “Umid kubogi”ni qo‘lga kiritdilar. Bundan tashqari, tadbirda ishtirok etgan shoirlar va maktab o‘quvchilari qimmabaho kitoblar bilan taqdirlandi. Bugungi “She’riyat oqshomi” maktabimiz o‘quvchilarida katta taassurotlar qoldirdi. O‘quvchilar uchun bugungi kun unutilmas kunga aylandi.