Shveysariya universiteti Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisiga grant taqdim etdi

Shveysariyadagi Franklin Universiteti Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisiga grant taqdim etdi.

Franklin Universiteti Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Shahriyor Shernafasovga uni oʻqishga qabul qilgani va taʼlim sohasidagi yuqori natijalari uchun grant taqdim etgani haqida xabar berdi.

Oliy taʼlim muassasasi Shahriyor Shernafasov 25 ming Shveysariya franki (28,2 ming AQSH dollari) miqdorida grant ajratdi. Bu grant bir oʻquv yili uchun ajratilgan. Shu bilan birga, Shahriyor Shernafasov mazkur grantni kelasi oʻquv yillari uchun ham qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega.

Franklin Universitetida Shahriyor Shernafasov xalqaro iqtisod, xalqaro menejment yoki xalqaro moliya yoʻnalishlaridan birida tahsil olishi mumkin.