Soʻragan edingiz

Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomini olmagan abituriyentlar qanday hujjat taqdim etadilar?

Agar abituriyent hali ushbu hujjatni olmagan bo‘lsa, o‘rta ta'lim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida ma'lumotnomani taqdim etadi. Shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomini olgandan so'ng, uni tizimga yuklashlari talab etiladi.

Men IELTS til bilish sertifikati imtihonini topshirganman, biroq hali sertifikatni olmadim. Men bunday holatda qanday yo'l tutsam bo'ladi?

IELTS til bilish sertifikati uchun imtihon topshirgan abituriyentlar, sertifikatni qo'lga kiritgandan keyin imtihon kuniga qadar taqdim etishlari mumkin.

 Arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.