So'rovnoma natijalari e'lon qilindi

Xabaringiz bor, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatining yoritilishi yuzasidan Google Forms orqali anonim so‘rovnoma o‘tkazilgan edi. Shu kungacha ijtimoiy tarmoqlar orqali taqdim etilgan ushbu so‘rovnomada 134 kishi ishtirok etdi. Natijalar esa quyidagicha:

Bizni kimlar kuzatadi: 
15 - 25 yoshgacha bo‘lgan kuzatuvchilar 29.9 %
26 - 35 yoshgacha bo‘lgan kuzatuvchilar 30.1 %
36 -45 yoshgacha bo‘lgan kuzatuvchilar 37.3%
46 va undan yuqori yoshdagi kuzatuvchilar 3 %

 Bizni qayerda kuzatishadi:
Barcha viloyatlardan kuzatib borishmoqda, Toshkent shahrida kuzatuvchilar soni boshqalariga qaraganda ko‘proq.Shuningdek, turli kasb egalari Agentlik faoliyatini kuzatib borishadi. So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, umumiy miqdorda o‘qituvchilar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

Bizni qaysi resurs orqali kuzatishadi:
Telegram orqali 61%
piima.uz orqali 13 %
Instagram orqali 20 %
Youtube orqali 0.7 %
Facebook sahifasi orqali 5.2 %

Kuzatuvchilar ma’lumotlarni qanday shaklda olishni ma’qul ko‘rishadi
Matn shaklida 67.2 %
Video shaklida 31.3 %
Audio shaklida 1.5 %

Bizni qanchalik kuzatib borishadi:
Doimiy 65.7 %
Zarurat bo‘lganda 11.2 % 
Vaqt bo‘lganda 22.4 %
Deyarli yo‘q 0.7 %

Umumiy hisobda, PIIMA axborot yoritib borish faoliyatini 1 dan 5 gacha baholash bo’yicha o‘rtacha 4 baho (38.1%) natijasi qayd etildi.  Agentlik axborot xizmati faoliyatini rivojlantirish bo'yicha so'rovnomada bildirilgan takliflar kelgusida inobatga olinadi. Mazkur so'rovnomada qatnashganlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!